Pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Malaka oshirish quyidagi shakllarni o’z ichiga oladi:


Mustaqil malaka oshirish;

Muqobil malaka oshirish;

Institut yoki fakultetlarda bevosita o’qitish;

Professional ta’lim muassasalari boshqaruv va pedagog kadrlari idoraviy mansubligidan

qat’iy nazar, har 3 yilda kamida bir marotaba malakasini oshirishlari shart

Malaka oshirish faoliyati Vazirlik tomonidan tasdjqlangan o’quv reja asosida ishlab chiqilgan

kamida 144 soat hajmdagi o’quv dasturlari bo’yicha amalga oshiriladi


Quyidagi hollarda malaka oshirishni o’tayotgan tinglovchi malaka oshirishdan chetlashtiriladi:


o’z xoxishiga binoan;

o’quv intizomini va malaka oshirish ichki tartib-qoidalarini muntazam buzganligi uchun;

o’quv mashgulotlarini uzrli sabablarsiz 18 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;

ta’lim dasturlarini o’zlashtirmaganligi uchun;

salomatligi tufayli (tibbiy komissiya ma’lumotnomasi asosida);

sud qarori asosida ozodlikdan mahrum etilganligi munosabati bilan;

vafot etganligi sababli

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 26 fevraldagi “Professional ta’lim
tizimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi 106-son Qarori