Pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish tartibi

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni
44-moddasiga asosan:

Tegishli ma’lumoti, kasbiy tayyorgarligi bo‘lgan va ma’naviy-axloqiy

fazilatlarga ega shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish

huquqiga ega. Magistraturani tamomlagan shaxslar va diplomli

mutaxassislar o‘z mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik faoliyat bilan

shug‘ullanish huquqiga ega. Agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda

tutilmagan bo‘lsa, pedagogik oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarga

qayta tayyorlash kurslaridan o‘tganidan keyin ta’lim tashkilotlarida

(bundan oliy ta’lim tashkilotlari mustasno) pedagogik faoliyat bilan

shug‘ullanish huquqi beriladi. Ishlab chiqarish ta’limi ustalari qayta

tayyorlash kurslaridan o‘tmasdan professional ta’lim tashkilotlarida

pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishga haqli. Zarurat bo‘lganda

professional ta’lim tashkilotlari ishlab chiqarish ta’limi ustalarini,

shuningdek tegishli bilim hamda amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lgan, oliy

ma’lumoti bo‘lmagan boshqa mutaxassislarni amaliy va qo‘shimcha

mashg‘ulotlarni olib borish uchun jalb etishi mumkin.

Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentyabrdagi
“Taʼlim toʻgʻrisida” OʻRQ-637-sonli Qonuni